Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Sancho ortga qaytadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Unga yangi imkon kerak

«Borussiya» (Dortmund) jamoasi yana bir bor Jeydon Sanchoni qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida nashr BILD xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, agar nemis klubi Sancho bilan shartnoma imzolashga qaror qilsa, unga jiddiy moliyaviy imtiyozlardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Xususan, futbolchi podyem pullarisiz o‘ynashga va maoshining katta qismi maydondagi samaradorligiga bog‘liq bo‘lishiga rozi bo‘lishi kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, «Borussiya» rahbariyati Sanchoning jismoniy holati yuzasidan hamon shubhada. Shu sababli, hozircha uni qaytarish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda 26 yoshli angliyalik vinger «Manchester Yunayted»ni tark etgan va hozirda erkin agent sifatida klubsiz qolmoqda. U 2021 yildan buyon «Manchester Yunayted» tarkibida 83 o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q