Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Sancho "Yuventus" nishonida!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Italiya grandi futbolchi uchun 10 million evro va qo‘shimcha 5 million bonus taklif qilgan.

Jeydon Sancho faoliyatini Italiyada davom ettirish imkoniyatiga ega. 

Insayder Janluka di Martsio bergan malumotlarga qaraganda, Turinning "Yuventus" klubi angliyalik vingerni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. "Manchester Yunayted" xam Sanchodan qutilish niyatida. Jeydonning o‘yin uslubi va tezkorligi Italiya klubining qarshi xujumida asosiy quroliga aylanishi mumkin. "Zebralar" 25 yoshli futbolchi uchun  10 million evro va qo‘shimcha 5 million bonus taklif qilgan.  

Eslatib o‘tamiz, Sancho o‘tgan mavsumni ijara asosida "Chelsi"da o‘tkazgan edi. U London klubi safida umumiy 42 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z xisobiga 5 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q