
Sane uzoq muddatli shartnoma istayapti
Leroy Sane kelajakda uzoq muddatli shartnoma imzolash niyatida.
Uning myunxenlilar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan.
"Sport1" xabariga ko‘ra, futbolchi hozir bor e’tiborini o‘yinga qaratgan va kelajagi borasida faqat kelasi yozda bir qarorga kelishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, nemis "Bavariya" yoki boshqa klub bilan 5 yillik shartnoma imzolamoqchi. Shu bilan birga, Sane maoshini sezilarli darajada oshirishni talab qilmaydi. U hozirda 19 million evro maosh oladi. Myunxenliklar belgilagan limit esa 25 million.
Hozircha futbolchi va "Bavariya" o‘rtasida muzokaralar yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, Sane jamoada o‘zini qulay his qilmoqda. Hammasi shunday davom etsa, shartnomani uzaytirish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi.
Fikrlar