Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Sanjar Rahmonov g‘alaba qozondi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Professional bokschimiz AQShlik raqibini mag‘lub etdi.

Professional bokschimiz Sanjarbek Rahmonov  AQShning Nevada shtatida navbatdagi jangini o‘tkazdi. Unga mezbon bokschi Andre Bird raqiblik qiladi. Yurtdoshimiz ushbu jangda ajoyib harakatlari bilan raqibi ustidan g‘alaba qozondi. Jangning 4 raundi yakunlangach, raqib tomon jangni to‘xtatishni lozim topdi. Mazkur jang Sanjarning profidagi faoliyati mobaynidagi 12 g‘alabasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz: Sanjar bugungi jangiga qadar, prof ringda 14 ta jang o‘tkazgan. Ularning 11 tasida g‘alaba qozongan (5 ta nokaut). 2 marotaba mag‘lub bo‘lgan va 1 ta durangga erishgan. Bird esa 18 marotaba jang qilgan. Ularning 8 tasida g‘alaba qozongan (1 ta nokaut). 8 marotaba mag‘lubiyat va 2 bora duranga erishgan edi. Bugun, u faoliyatidagi navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q