Saul Alvaresning keyingi raqibi oydinlashmoqda

  • 06.02.2026 01:01
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

To‘rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Saul Alvarez (63-3-2, 39 KO) 76,2 kg da amaldagi WBC chempioni Kristian Mbilli (29-0-1, 24 KO) bilan o‘zaro jang bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqida "L'Equipe" nashri xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu bahs sentyabr oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Saul Alvarez 13 sentyabr kuni Terrens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!