Semirdingmi, pul to‘la!

  • 28 dekabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmuning “Borussiya” klubi himoyachisi Toma Mene qishki tanaffuslan keyin jamoaga ortiqcha vazn bilan qaytadigan o‘yinchilar rahbariyat tomonidan jazoga tortilishini ma’lum qildi.

Tecno

- Qishki tanaffus oldidan o‘tkazilgan oxirgi mashg‘ulotda vaznimizni o‘lchab olishdi. Ta’tildan qaytganimizda ham hamma toroziga chiqadi. Kimda ortiqcha vazn bo‘lsa, jarima to‘laydi. Bir kilo uchun ming evro.

Kimligini aytmaymanu, lekin bir o‘yinchini 10 ming evroga jazolashganini aniq bilaman. Unga klubdagilar: “Bir hafta vaqting bor, ortiqcha vazndan qutilsang, jarima miqdorini kamaytiramiz”, deyishgandi. U buni uddaladi, - dedi Toma Mene.

Frantsiyalik futbolchi dortmundliklar safiga 2020 yili PSJdan qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!