Asosiy mazmunga oʻtish

"Semurg‘" finalga chiqa olmayapti

Nurali
Izohlar: 0

Keyingi bahs ikkinchi finalchi nomini aniqlab beradi

Ayni kunlarda xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining pley-off uchrashuvlari bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. Final yo‘llanmasi uchun kechayotgan murosasiz bellashuvlar muxlislarning e’tiboridan chetda qolmayapti.

“Binokor” klubi qatorasiga 3 o‘yinda “Toshkent” jamoasini mag‘lub etib, dastlabki final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Uning raqibi “Humo” va “Semurg‘” jamoalari qarama-qarshiligidan so‘ng aniq bo‘ladi. Ushbu klublarning to‘rtinchi o‘yinidan keyin ham ikkinchi finalchini aniqlab bo‘lmadi. To‘rtinchi o‘yinda “Humo” 5:2 hisobida ustun kelib, seriyalar bo‘yicha hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, pley-off, 4-o‘yin

“Humo” – “Semurg‘” – 5:2 (seriyalar bo‘yicha hisob 2:2).

Pley-off uchrashuvlari 3ta g‘alabagacha davom etadi. Shunday ekan keyingi bahsda qaysi klub g‘alaba qozonsa, finalda “Binokor” bilan kuch sinashadi, deya xabar bermoqda MOQ. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q