Sen PSJ va "Real"ga qarshi o'ynamaysan!
Qaror qatʼiy
Kataloniyaning «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong yaqin vaqt ichida maydonga qaytolmaydi. Bu haqida ispaniyalik jurnalistlar Diario As nashri orqali xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Niderlandiya terma jamoasi a'zosi olgan jarohatidan to‘liq tiklanmagan. Shu bois u kamida 1 noyabrgacha maydonga tushmaydi. Natijada De Yong 25 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya chempionati doirasidagi madriddlik «Real»ga qarshi uchrashuvni, shuningdek, 20 oktabrgа belgilangan Chempionlar ligasi asosiy bosqichidagi PSJga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati davomida De Yong o‘ng tizzasini shikastlab olgan edi. Shu sababli u joriy mavsumda haligacha birorta rasmiy o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Ilgariroq ommaviy axborot vositalari futbolchi oktabr oyi boshida jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Izohlar (0)