Asosiy mazmunga oʻtish

Sening “Liverpool”da kelajaging yo‘q

“Liverpul”ning sobiq yarim himoyachisi Ditmar Hamann jamoa pleymeykeri Florian Virtsning mersisaydliklar safida kelajagi yo‘q, deb hisoblaydi.

2025 yil yozida “Liverpul” Virts uchun o‘sha paytda klub tarixidagi rekord transfer summasi bo‘lgan 116 million funt to‘lagan edi. Biroq Florian hanuzgacha Angliya Premier-ligasiga moslashib keta olmadi.

Hamannning fikricha, Virtsning yangi mavsum boshidagi o‘yinlari uning “Liverpul”da muvaffaqiyat qozonishiga shubha bilan qarashga asos bo‘lmoqda.

- Virtsning “Liverpul”dagi faoliyati haqida gapiradigan bo‘lsak, bu jarayon oson kechmayapti. Men uning eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishiga Iraola yordam bera oladimi, deb bilmoqchi edim.

Murabbiy kelganida Virts “o‘ninchi raqam” pozitsiyasida o‘ynashini aytgan edi. Biroq uning o‘yini o‘tgan mavsumga nisbatan yaxshilanmadi.

Uning qanchalik iqtidori ekanini va nimlarga qodirligini bilaman. Ammo menimcha, u o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini butunlay yo‘qotgan. U endi Premier-ligada muvaffaqiyat qozona olishiga ishonmayotgandek ko‘rinadi. Virtsning “Liverpul”da bu maqsadga erishishini tasavvur qila olmayapman, - dedi Hamann. Uning so‘zlarini Givemesport nashri keltirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q