Sening maoshing oshadi!

  • 02.08.2026 18:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» klubi hujumchi Joau Pedruni yangilangan shartnoma bilan rag‘batlantirishga qaror qildi.

Insayder Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, tomonlar barcha asosiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Yangi bitim ham braziliyalik futbolchini 2033 yilgacha klubda qolishini ko‘zda tutadi. 

Shu bilan birga, shartnomaga yana bir yilga avtomatik uzaytirish bandi va maoshni sezilarli oshirish haqidagi qo‘shimcha shartlar kiritilgan.

Joau Pedruga «Barselona», «PSJ» va «Arsenal» klublari jiddiy qiziqish bildirgani aytilmoqda. Biroq «Chelsi» rahbariyati hujumchini sotish masalasini umuman ko‘rib chiqmagan va uni jamoada saqlab qolishni ustuvor vazifa deb bilgan.

24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda London klubi safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Shu tarzda u jamoaning yetakchi figuralaridan biriga aylandi va yangi shartnoma orqali klubning unga bo‘lgan ishonchi yana bir bor tasdiqlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!