Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Serena Uilyams chorak finalda o‘ynaydi

Zohir2018
Izohlar: 0

U raqibini ayab o‘tirmadi

Amerikalik Serena Uilyams London shahrida o‘tayotgan "Uimbldon" musobaqasining to‘rtinchi davrasida ispaniyalik Karla Suares Navarroga qarshi kortga tushdi.

Ikki set davom etgan o‘yinda, Serena raqibini har ikkala setda bir xil 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo‘l oldi. 

Endi Uilyams yarim final chiptasi uchun o‘tadigan o‘yinda boshqa bir amerikalik tennischi Elison Riskega qarshi kortga chiqadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q