Serena Uilyams ham yarim finalda
Zohir2018
U bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun eng yaxshi davogar
Amerikalik tennischi Serena Uilyams "Uimbldon" chempionatining chorak finalida hamyurti Elize Riskega qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan mazkur o‘yinda Serena raqibini uch setda 6:4, 4:6, 6:3 hisobida taslim etdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa yarim finalga chiqqan Uilyams, endi chexiyalik Barbora Strikova, yoki britaniyalik Yoxanna Konta bilan raqobatlashadi.


Izohlar (0)