Amerikalik tennischi Serena Uilyams “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Amerika ochiq chempionatining yarim finaliga muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Serena "US Open" turnirining 1/4 final bosqichida xitoylik Tszyan Van bilan kuch sinashdi. Ushbu uchrashuvda Uilyams raqibiga bor-yo‘g‘i bitta geymni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa S.Uilyams final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda ukrainalik tennischi Elina Svitolinaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar