Sergey va Sanjar Tailandda o‘ynaydi

  • 29 iyul, 2019, 13:12
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Tailandning Nontxaburi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida "Fyuchers" musobaqasiga start berildi.
 
Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirda mamlakatimiz sharafini Sanjar Fayziev va Sergey Fomin himoya qilmoqda.
 
Qur’a natijasiga ko‘ra, Sergey ilk davrada kanadalik Kelsi Stivensonga qarshi kortga chiqsa, Sanjar italiyalik Emiliano Majiolini sinovdan o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv ertaga, 30 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!