"Seriya A"ning yetakchi klubi Grilishni nishonga oldi

  • 25.08.2026 13:29
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Milan» klubi «Manchester Siti» hujumchi yarim himoyachisi Jek Grilishni transfer oynasi yopilguncha o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.

 

Manbaning ma’lum qilishicha, avvalroq Grilishga jiddiy qiziqish bildirgan «Everton» endi unga bo‘lgan e’tiborini pasaytirgan. Shu paytda «Milan» jamoasi tarkibini mashhur angliyalik futbolchi bilan kuchaytirishga qarshi emas. Biroq xabarga ko‘ra, milanliklarni «Manchester Siti»ning moliyaviy talablari qoniqtirmayapti. Shu sabab «rossoneri» klubi transfer narxini taxminan 11,7 million yevroga kamaytirishni ko‘zlamoqda.

 

Shu bilan birga, Grilish qolaverса, yangi mavsumni ham «Manchester Siti» tarkibida o‘tkazishi va asosiy tarkib uchun kurashni davom ettirishi ehtimoli ham saqlanib qolmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum 30 yoshli futbolchi «Everton» jamoasida ijara asosida o‘ynagan. «Iriskalar» safida u 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!