
Server Ibragimov - kumush medal sohibi!
Para o‘q otish bo‘yicha aralash dasturda 50 metr masoafaga kichik kalibrli to‘pponchadan otish bo‘yicha final bahslari yakunlandi.
E’tiborlisi ushbu yo‘nalishda qatnashgan hamyurtimiz Server Ibragimov medallar uchun kechgan bellashuvda 215.3 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egalladi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Server Ibragimov eng yoshi katta o‘zbekistonlik sportchi hisoblanadi. Bu uning faoliyatida Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi medal bo‘ldi.
Fikrlar