
Serxio Ramos ish topolmayapti
PSJ bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agentga aylangan Serxio Ramos hali o‘ziga yangi jamoa topgani yo‘q.
Avvalroq unga qiziqish bildirgan “Sevilya” va “Galatasaroy” muzokaralarni oxiriga etkazmadi.
Yana bir variant sifatida “Beshiktosh” tilga olingan edi. Biroq, Turkiyaning bu jamoasi ham Ramos bilan ishlamaydigan bo‘ldi.
- Serxio Ramosga shartnoma berilmaydi. Bu transferni amalga oshirish uchun moliyaviy nuqtai nazardan hech qanday imkoniyatga ega emasmiz, - deyiladi “Beshiktosh” klubi bayonotida.
Turk klubi vitse-prezidenti Emre Kojadagning ta’kidlashicha, 37 yoshli ispan futbolchisi bir mavsum uchun 10 million evrodan kam bo‘lmagan maosh talab qilyapti. Bu summani aksariyat klublar ko‘tara olmaydi.
Fikrlar