Serxio Ramosga Ispaniyadan jamoa topildi
«Xetafe» klubi prezidenti Anxel Torres jurnalistlar bilan suhbatda jamoa yaqin vaqt ichida «Real Madrid» sobiq himoyachisi Serxio Ramos bilan shartnoma imzolashni istashayotganini ma'lum qildi.
Torresning ta'kidlashicha, 40 yoshli ispaniyalik futbolchi «Xetafe» uchun ko‘rib chiqilayotgan asosiy nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.
«Uning akasi, shu bilan birga agent sifatida, bu masala bo‘yicha men bilan gaplashdi. Biz bu transfer amalga oshishini juda xohlar edik», – dedi «Xetafe» prezidenti As nashriga bergan izohida.
Ma'lumot uchun, tajribali ispaniyalik himoyachi hozircha erkin agent maqomida, ya'ni hech qaysi klub bilan shartnomaga ega emas. Ramosning so‘nggi jamoasi Meksikaning «Monterrey» klubi bo‘lgan. U o‘z karerasining katta qismini «Real Madrid» safida o‘tkazgan.
Shuningdek, yaqinda «Xetafe» yana bir sobiq «Real Madrid» futbolchisi – Daniel Karvaxal bilan ham shartnoma imzolagani qayd etilmoqda.

Fikrlar