Shaxmat. O'zbekcha derbida durang qayd etildi

  • 04.03.2026 01:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Praga xalqaro shaxmat festivali 6-turi doirasida o‘zbekcha derbi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Nodirbek Yakubboevga qarshi bahs olib bordi va unda tomonlar durangga imzo chekdi.

Statistikaga qaraydigan bo‘lsak, bu sportchilar klassik bahslardagi  17-match bo‘ldi.  4 ta bahsda Yakubboevning qo‘li baland kelgan, yana ikki bahsda Abdusttorov g‘alaba qozongan, 11 ta match esa durang  bilan yakunlangan.

6-turdan so‘ng Abdusattorov 4 ochko jamg‘argan bo‘lsa, Yakubboev ochkolarini 2.5 taga yetkazib oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!