Shayxlar FIFAni ham “qo‘lga olyapti”
Saudiya Arabistonining “Aramco” davlat neft kompaniyasi Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFAning yirik homiysiga aylanadi. Bu haqda Times nashri xabar berdi.
Bu kompaniya Saudiya Arabistoni 2034 yili bo‘ladigan jahon chempionatini qabul qilish uchun yagona da’vogarga aylanganidan keyin xalqaro tashkilot bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hamkorlik 2034 yilgacha davom etadi. Mutaxassislar hamkorlik uchun har yili 100 million dollar ajratilishi ko‘zda tutilganini ta’kidlayapti.
O‘tgan yilning may oyida”Saudi Aramco” 2,43 trillion dollar kapital bilan dunyoning eng qimmat neft kompaniyasi, deb e’tirof etilgandi.
Fikrlar