Shlotterbekning orzusi — "Real"!

  • 03.04.2026 14:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek faoliyatini Madridning "Real" klubida davom ettirishni istamoqda.

So‘nggi kunlarda ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli nemis futbolchisining "asalarilar" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralari to‘xtab qolgan. Shu sabab unga da’vogar klublar yozgi transfer oynasi oldidan yana faollashishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, Shlotterbekning o‘zi aynan "Real"ga o‘tishni orzu qilmoqda va "qirollik klubi"ni asosiy variant sifatida ko‘rmoqda.

Agar futbolchi yangi shartnomaga imzo chekmasa, "Borussiya" uni kelasi yozda taxminan 30 million yevro atrofida sotishga majbur bo‘lishi mumkin.

Transfermarkt ekspertlari hozirda Niko Shlotterbekning bozor qiymatini 55 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!