
Shomurodov bir bor bu ishni uddalagan edi!
Rossiya premer-ligasining beshinchi turida “Rostov” o‘z maydonida “Ural” futbolchilarini qabul qiladi. O‘zbekistonlik muxlislarni Eldor Shomurodovning qachon gol urishi qiziqtirmoqda. O‘tgan yili Eldor “Ural”ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan edi.
Ushbu ikki klubning o‘xshash jihatlari ko‘p. Har ikki jamoa 1930 yilda tashkil etilgan va 90 yillik tarixga ega.
O‘tgan yilgi chempionatda “Rostov” va “Ural” o‘rtasidagi ikki uchrashuvda ham kuchlar teng kelgan. “Ural” maydonida o‘tgan o‘yinda 2:2 hisobida qayd etilgan bo‘lsa, Rostovdagi bahsda hisob ochilmagan.
Bu yilgi chempionatda “Rostov” olti, “Ural” esa besh ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida mos ravishda to‘qqizinchi va o‘n birinchi pog‘onasini egallab turibdi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi
Fikrlar