Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Shomurodov "Jenoa"da qancha maosh oladi?

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 2

Uni endi top-5 chempionatda ko‘ramiz.

"Jenoa" rahbariyati "Rostov"ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovning transferi bo‘yicha muzokaralarni faol davom ettirmoqda.

Metaratings nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, A Seriya klubi hamyurtimizga yiliga 700-800 ming evro maosh taklif qilmoqda. Uning transferi uchun esa genuyaliklar rus klubiga 9 mln evro to‘laydi. Transfer tez orada rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

25 yoshli Eldor “Rostov” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan 3 yil davomida jami 91 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q