
Shomurodov kutadi
Ertaga Konferentsiyalar ligasi nimchorak finaldan o‘rin olgan "Vitess" - "Roma" bahsi bo‘lib o‘tadi. Rimliklarning Niderlandiya klubiga qarshi o‘yini Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.
"La gazzetta dello sport" nashri uchrashuv oldidan "Roma" haqida mulohaza yuritdi. Nashrda yozilishicha, Joze Mourino bu o‘yinda o‘zi ishongan futbolchilarni maydonga tushiradi. Chunki "bo‘rilar" shu bosqichgacha etib kelganidan so‘ng o‘yinlarga shunchaki yondoshmaydi. Jamoa sovrin yutish uchun kurashadi. Shu bois murabbiy optimal tarkibdan foydalanishi kutilmoqda.
Temmi Abraxam va Nikolo Dzanolo juftligi oldingi chiziqda harakat qiladi. Qolgan hujumchilar o‘yindan kelib chiqib maydonga tushadi. Shomurodov ham shular jumlasidan. Katta ehtimol bilan ikkinchi taymda zaxiradagi qolgan futbolchilarga imkon beriladi.
Fikrlar