
Shomurodov o‘ynamaydi
Italiya chempionatida 27-tur bahslari start oldi. Bugun kun doirasidan o‘rin olgan 3 ta o‘yin bor. Ertaga biz uchun ahamiyatli hisoblangan "Roma" ishtirokidagi bahs o‘tkaziladi.
Rimliklar bu gal "Spetsiya"ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv oldidan Italiya nashri Joze Mourino hujumchi Eldor Shomurodovni asosiy tarkibga kiritmasligini yozdi. Chunki hamyurtimiz yaqindagina koronavirusdan so‘g‘ayib safga qaytdi. Shuning uchun murabbiy uning o‘ziga kelib olishiga biroz vaqt berishni rejalashtirgani ma’lum qilingan. Ammo ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushish ehtimoli borligi ham qayd etilgan.
"Spetsiya" - "Roma" o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi. Mezbonlar ayni payt turnir jadvalida 26 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda. "Bo‘rilar" esa 41 ochko jamg‘arib, 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar