Asosiy mazmunga oʻtish

Shomurodov o‘zbekistonlik bokschilarga omad tiladi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Shomurodov ularning jangiga tashrif buyurdi

Xabaringiz bor ayni damda Italiyaning Busto Arsitsio shahrida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi 1-Jahon kvalifikatsion turniri bo‘lib o‘tmoqda. 

Bokschilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston futbol terma jamoasi sardori va Italiyaning "Kalyari" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “E-Work" arenaga tashrif buyurdi. Shomurodov o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalariga bo‘lajak janglarda omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli hujumchi kecha A Seriyadan o‘rin olgan "Salernitana"ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etgan edi.

photo_2024-03-10_20-21-23

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q