Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Shomurodov: Uni "Real" kuzatyapti!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Shomurodov yangi yulduz haqida ma'lumot berdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Rossiya milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin ushbu mamlakat futboliga oid fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Ma’lumki, Eldorning kuchli forvard bo‘lib yetishishida Rossiya Premier-ligasidagi faoliyatining ta’siri katta. O‘zbekistonda "Mash’al" va "Bunyodkor"da to‘p tepganidan keyin 2017 yili iqtidorli o‘yinchi sifatida Rossiyaning  "Rostov" klubiga ko‘chib o‘tgandi. Bu yerda unga hozir Rossiya terma jamoasini boshqarayotgan Valeriy Karpin murabbiylik qilgan va hujumchining yangi qirralarini ochgandi. Xususan, 2020 yilning kuzida bu mutaxassis jamoaning haqiqiy yetakchisi va to‘purariga aylangan Eldor Shomurodovning Italiyaga ketishini qo‘llab-quvvatlagan. Garchi jamoaning  o‘zbek hujumchisi xizmatlariga ehtiyoji katta bo‘lsa-da, Karpin Eldorni "Jenoa"ga qo‘yib yuborgan. 

Shomurodov jurnalistlar bilan suhbatda hozir ham Rossiya futbolidan yaxshiga xabardor ekanini ta’kidladi. 

- Rossiya futbolida nima bo‘layotganini kuzatib boraman. Ba’zan o‘yinlarni ko‘rishga ham ulguraman, juda tez-tez emas, lekin tomosha qilaman. Natijalardan esa doim xabardorman. 

Ayniqsa, o‘zim o‘ynagan "Rostov" jamoasini doimiy ravishda kuzataman. 

Shuningdek, Turkiya chempionatida "Bashakshеhir" jamoasi safida ikkinchi mavsumini yuqori darajada o‘tkazayotgan o‘zbek futbolchisi Superliga yetakchisi "Galatasaroy"da porlay boshlangan rossiyalik legioner Aleksey Batrakov o‘yini haqida ham fikr bildirdi. 

- Turkiyada Batrakov haqida juda ko‘p gapirishyapti. U qisqa fursatda ligada katta yulduzga aylandi. Kelajagi o‘z qo‘lida. "Real" uni allaqachon kuzatuvga olgan, – deya Shomurodovning so‘zlarini keltiradi "RB Sport" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Batrakov joriy mavsumda "Galatasaroy" safida jami barcha turnirlarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi shu vaqt ichida 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eldor Shomurodov esa, o‘z jamoasi tarkibida chempionatning o‘n marotaba maydonga chiqib, raqiblar darvozasini sakkiz bor ishg‘ol qilgan. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q