Shomurodovga Bundesligadan raqobatchi kelmoqda

  • 5 mart, 2022, 08:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" "Shtutgart"ning avstriyalik hujumchisi Sasha Kalajjichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi yozgi transfer oynasida futbolchi sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Eslatib o‘tamiz, hujumchi yaqinda tizzasidan olgan og‘ir jarohatidan so‘ng safga qaytgan edi.

24 yoshli Kalajjich joriy mavsum “Shtutgart” safida barcha turnirlarda 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!