
Shomurodovning jamoadoshi nimadan qo‘rqdi?
Shomurodov “Jenoa”ga o‘tgan kunlari jamoada koronavirus tarqalganidan xabaringiz bor. Virus yuqtirib olganlardan biri Valon Bexrami bu noxush holat unga qanday ta’sir qilganini gapirib berdi.
- Bizni virus yuqtirganlikda ayblash noto‘g‘ri. Ishimiz shuki, biz jamoaviy sport turi bilan shug‘ullanamiz va ko‘p sayohat qilamiz. Shunday ekan, hamma ham kasal yuqtirib olishi mumkin. O‘sha kunlar men uchun juda og‘ir bo‘ldi. Men jarohatlardan tiklanishga ko‘nikib qolganman. Lekin bu kasallik psixoligik tomondan og‘ir ahvolga soldi. Men qo‘rqib qoldim. Ahvolim yomonlashishidan va yaqinlarimga virus yuqtirib qo‘yishdan cho‘chidim. Shu kasal orqali inson qanchalar zaif ekanini anglab etdim, - dedi tajribali yarim himoyachi.
“Jenoa” klubida jami 22 kishi koronavirus bilan og‘ridi. Ular orasida 17 nafar futbolchilar bo‘lgani uchun jamoaning A Seriyadagi bitta uchrashuvi boshqa muddatga qoldirildi va mashg‘ulotlar vaqtincha to‘xtatildi.
Ayni paytda jamoada vaziyat izga tushmoqda. Kasallikdan tuzalganlar 19 oktyabr kuni “Verona”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fikrlar