Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Shomurodovning jamoadoshi “Yuventus”ga ketyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Jenoa" iste’dodli futbolchisini qo‘yib yuboradi

Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynayotgan Nikolo Rovella tez orada “Yuventus” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Nikolo Rovelliga “Inter” ham da’vogarlik qilayotgan edi. Biroq, turinliklar “Jenoa”ni 18 yoshli futbolchini “Yuventus”ga jo‘natishga ko‘ndirdi.

Joriy mavsumda to‘rtta uchrashuv maydonga tushgan yarim himoyachining transferi 2,5 million evroga baholanmoqda. Rovella Turin klubi bilan shartnoma imzolagan taqdirda ham, mavsumni “Jenoa”da yakunlaydi va yangi jamoa safiga yozda qo‘shiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q