Shon Striklendmi yoki Hamzat Chimaev?

  • 28.02.2026 13:09
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya o‘rta vazn chempioni Hamzat Chimaev hamda amerikalik Shon Striklend o‘rtasidagi ehtimoliy jang g‘olibini aytdi.

"Hamzat ajoyib jangchi. Agar Chimaev va Striklend o‘zaro to‘qnash kelsa, albatta, chechen g‘alaba qozonadi", – dedi Topuriya bloger Adin Rossning You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimaev so‘nggi jangini "UFC 319" turnirida Dyu Plessiga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. Shon Striklend esa "UFC Fight Night 267" turnirida Entoni Ernandez bilan kurash olib borib, 3-raundda texnik nokaut evaziga zafar quchdi.

G‘iyosiddin Uralov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!