"Sho‘rtan"ni kim boshqarishini bilasizmi?

  • 03.10.2025 14:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bugun O‘zPFL “Sho‘rtan” klubi bosh murabbiy bo‘lib ishlab kelgan Eldor Moyliev bilan amaldagi shartnoma bekor qilinganligi haqida rasmiy xabar tarqatdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Asror Aliqulov kecha “Sho‘rtan”da birinchi mashg‘ulotini o‘tkazgan. Aftidan, u yana g‘uzorliklar bosh murabbiyiga aylanadi. Bungacha Asror Chorievich “Mash’al”da ishlayotgandi. Avvaliga bosh murabbiy, keyin esa shu yilning yozidan U21 jamoasini boshqarishga kirishdi.

Aliqulov futbolchilik faoliyatini aynan “Sho‘rtan” klubida yakunlagan va ushbu jamoada bir necha mavsum bosh murabbiylik ham qilgan. Hozircha “Sho‘rtan” klubi bosh murabbiy masalasida rasmiy bayonot bergani yo‘q. Lekin yaqin vaqt ichida bu sodir bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bu yil Superligaga qaytgan “Sho‘rtan” 23-turdan keyin turnir jadvalida 12 ochko bilan so‘nggi - 16-o‘rinni egallab turibdi.

5 oktyabr kuni g‘uzorliklar o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi va bu Aliqulovning debyut uchrashuviga aylanishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!