Shu hujumchini 100 million yevroga olamiz!
Angliya Premier-ligasida yetakchilik qilayotgan va chempionlik uchun asosiy da'vogar sifatida e'tirof etilayotgan “Arsenal” klubi yozgi transferlar oynasi vaqtida hujum chizig'iga yangi to'purar olib kelishga qaror qildi.
“Kanonirlar” yangi mavsum oldidan o'z safiga “RB Leyptsig” vingeri Yan Diomandeni qo'shib olishni istayapti.
Bu haqida TEAMtalk nashri jurnalistlari ma'lumot tarqatdi.
London klubi ivuarlik futbolchini Gabriyel Martinelliga o'rinbosar sifatida olib kelmoqchi. “RB Leyptsig” mutasaddilari esa, hujumkor futbolchi bo'yicha 100 million evrodan boshlangan takliflarni qabul qilishga tayyor.
Diomandening klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
19 yoshli futbolchi Bundesliga klubida 2025 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 45 million evroga teng.
Fikrlar