Shu yozning eng qimmat o‘nta yozgi transferi
«Manchester Siti»ning yangi futbolchisi Elliot Anderson hozircha yozgi transfer oynasidagi eng qimmat xarid sifatida qayd etildi. Ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu kelishuv qiymati 135 million yevroni tashkil etgan.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni «Tottenxem»ga 99 million yevro evaziga o‘tgan portugalialik yarim himoyachi Mateush Fernandes egallagan.
Yig‘indisi bo‘yicha yozgi transferlar top-10 taligida yettita futbolchi Angliya Premier-ligasi klublariga, ikkita o‘yinchi Ispaniya La Ligasi jamoalariga, yana biri esa Italiya A Seriyasi klubiga o‘tgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yozgi transfer oynasida 2 iyul holatiga ko‘ra eng qimmat 10 transfer:
1. Elliot Anderson, «Nottingem Forest» — «Manchester Siti» — 135 mln yevro.
2. Mateush Fernandes, «Vest Xem» — «Tottenxem» — 99 mln yevro.
3. Entoni Gordon, «Nyukasl» — «Barselona» — 80 mln yevro.
4. Gonsalu Ramush, «PSJ» — «Milan» — 74 mln yevro.
5. Jeremi Jake, «Renn» — «Liverpul» — 63,6 mln yevro.
6. Yan Paul van Xekke, «Brayton» — «Tottenxem» — 60 mln yevro.
7. Marko Palestra, «Atalanta» — «Chelsi» — 57 mln yevro.
8. Mark Kukurelya, «Chelsi» — «Real» — 55 mln yevro.
9. Piero Inkapye, «Bayer» — «Arsenal» — 52 mln yevro.
10. Jeovani Kenda, «Sporting» — «Chelsi» — 50,7 mln yevro.

Fikrlar