Silva “Barselona”ga o'tishga shoshilmayapti
“Manchester Siti”ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi.
- “Barselona” bu menda mavjud variantlardan biri xolos, ammo hali yakuniy qarorni qabul qilmadim.
Haqqat shuki, menda ko‘plab variantlar bor va hali qaror chiqarmaganim hamda shartnoma imzolanmagani uchun muayyan klub haqida gapirishni istamayman.
Men o‘zimga haqiqatan ham qiziqish bildiriladigan, menga ehtiyoj seziladigan jamoaga o‘tishga harakat qilaman. Bu men uchun juda muhim, - dedi Bernardu Silva Sport.es saytiga bergan intervyusida.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari Bernardu Silva “Barselona” bilan ikki yillik shartnoma imzolashi mumkinligini xabar qilgan edi.
Shu bilan birga, yarim himoyachi kataloniyaliklar Ispaniya La Ligasining moliyaviy qoidalariga mos kelishi uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor ekani ta’kidlangan.

Fikrlar