Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Simona Xalep navbatdagi raqibini kutmoqda

Zohir2018
Izohlar: 0

Simona Xalepning "BNP Paribas Open"dagi dastlabki g‘alabasi

Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Indian-Uellse shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan tashkil etilgan turnirni g‘alaba bilan boshladi.

Simona musobaqaning ikkinchi davrasida chexiyalik Barbora Strikova ustidan 6:2, 6:4 hisobida zafar quchdi. Shu tariq o‘zaro o‘yinlardagi hisobni 5:1 ko‘rinishiga olib keldi.

Endi "BNP Paribas Open"ning uchinchi davrasida Xalepga ukrainalik Katerina Kozlova qarshilik ko‘rsatadigan bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q