Simona Xalep raqibini ayamadi
Zohir2018
Pragada tennis malikalari saralanmoqda
Simona Xalep "Prague Open" turnirining ikkinchi davrasida chexiyalik tennischi Barbora Kreychikovaga qarshi kortga tushdi.
Mazkur uchrashuv uch set davom etdi. Unda tajribali rumin tennischisi 3:6, 7:5, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
Endi S.Xalep Praga shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning 1/4 final bosqichida polshalik Magdalena Fresh bilan kuch sinashadi.

Izohlar (0)