
Simona Xalepning orzusi chippakka chiqdi
Ruminiyalik Simona Xalep Madrid shahrida o‘tgan musobaqa yakuniga ko‘ra, dunyoning birinchi raqamli tennischisi degan nomga sazovar bo‘la olmadi.
Simona mazkur musobaqa finalida gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqdi va ikki setda 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Shu sababli, u amaldagi dunyoning birinchi raqamli tennischisi yaponiyalik Naomi Osakaning o‘rnini bosa olmadi. Osaka mazkur turnirda chorak finalda mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar