“Siti” hali bu yulduzdan voz kechmadi

  • 18.08.2026 13:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AS nashrining xabar berishicha, “Manchester Siti” hali ham “Chelsi” yarim himoyachisi Enzo Fernandezni sotib olish niyatidan qaytmagan. Transfer bo‘yicha muzokaralar yaqin kunlarda qayta tiklanishi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi «shaharliklar»ning transfer maqsadlari ro‘yxatida qolmoqda. Klubning unga bo‘lgan qiziqishi bosh murabbiy Enzo Mareskaning xohishi bilan saqlanib turibdi.

“Chelsi2 tomoni qo‘ygan va 14 avgust kuni muddati tugagan ultimatumga qaramay, tomonlar muzokaralarni davom ettirishga tayyorlanmoqda. Asosiy masala esa transfer summasi bo‘lib qolmoqda.

Fernandesning o‘zi ham Mareska bilan yana birga ishlash uchun “Manchester Siti”ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining ketish jarayonini tezlashtirish maqsadida “Chelsi” sport direktorlari mashhur agent Jorje Mendesni jalb qildi. U Enzoning London klubiga o‘tishini rasmiylashtirishda ham ishtirok etgan va hozirgi muzokaralarda ham qatnashmoqda.

Bundan “Chelsi” egasi Behdad Egbali ham manfaatdor ekani ta’kidlanmoqda.

Enzo Fernandez 2023 yil yanvaridan beri “Chelsi” safida o‘ynaydi. Uning klub bilan shartnomasi 2032 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 100 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!