“Siti” menga ishonadi!

  • 07.08.2026 10:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning tajribali yarim himoyachisi Mateo Kovachich klubni tark etishi haqidagi xabarlarni rad etib, yangi mavsumda asosiy tarkibda o‘ynashiga ishonch bildirdi.

Kovachich o‘tgan mavsumda mushoak va to‘piq jarohatlari sabab atigi to‘qqizta o‘yinda ishtirok etdi. Shuningdek, uning shartnomasi yakuniga yetishiga ham bir yil qolgan.

Shunga qaramay, 32 yoshli xorvat futbolchisini “Yuventus” va “Inter” bilan bog‘lashmoqda. Ammo Kovachichning ta’kidlashicha, “Manchester Siti” uni qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.

- Men klub tomonidan hech qanday ikkilanishni sezmayapman. Ular bilan gaplashdim va menga ishonishlarini tushundim. Buni ularning o‘zidan eshitish men uchun juda muhim edi.

Endi esa futbolchi sifatida sen har doim o‘zingning eng yaxshi o‘yingni ko‘rsatishing kerak. Agar yaxshi o‘ynasang, murabbiy birinchi navbatda seni maydonga tushiradi, - dedi Mateo Kavochich.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enzo Mareska ham Kovachichni jamoada saqlab qolishdan mamnunligini bildirdi.

- Mateo bizning futbolchimiz. U shu yerda ekan, men unga bor kuchim bilan yordam berishga harakat qilaman. Mening vazifam – har bir futbolchiga o‘zining eng yaxshi o‘yini namoyish etishiga ko‘maklashish. Agar u jamoada qolsa, u bilan ishlashni mamnuniyat bilan davom ettiraman, - dedi tajribali italyalik mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!