Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Siti” “Real”ning supertransferini “sindirolmadi”

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Pul bilan ham hal bo‘lmaydigan ishlar bor

“Liverpul” bilan Angliya Premer-ligasi g‘olibligiga erishgan Trent Aleksander-Arnold “Real” jamoasiga o‘tishi hal bo‘ldi.

Endi ma’lum bo‘lishicha, “Manchester Siti” rahbariyati angliyalik himoyachini o‘z jamoasiga qo‘shib olishga harakat qilgan.

Defensa Central nashrining yozishicha, 26 yoshli futbolchi “Real” bilan avvaldan kelishib qo‘yganiga qaramay, “shaharliklar” futbolchi bilan bog‘lanib, agar u “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tsa, madridliklar taklif qilgan mablag‘dan ko‘proq maosh berishni va’da qilgan.

Trent Aleksander-Arnold Madrid superklubida o‘ynash ishtiyoqi baland bo‘lgani sababidan manchesterliklarning mo‘may daromadli taklifini qabul qilmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q