
“Siti” Xolandni hech kimga bermaydi
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa to‘purari Erling Xolandni uzoq muddat Manchesterda olib qolish yo‘lini qidirmoqda.
Mutasaddilar norvegiyalik hujumchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Asosiy maqsad – yangi bitimda Xolandni transfer qilish imkonini beradigan bandni olib tashlash. Lekin Erlingning agentlari bunga yo‘l qo‘ymaydi.
Zaxira varianti sifatida klub xo‘jayinlari badal pulini katta qilib qo‘yishni rejalashtiryapti. Hujumchining hozir 180 million evroga transfer qilish imkoni borligi aytilmoqda.
Yangi shartnomaga ko‘ra, badal puli ancha ko‘tariladi.
Erling Xolandga asosan ispan grandlari – “Real” va “Barselona” da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar