Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Siti” yulduzi jamoada qolishdan bosh tortdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Gvardiola hayron?

“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silva kelajagi bo‘yicha muhim qarorni qabul qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Todofichajes nashri tarqatgan axborotga ko‘ra, 30 yoshli portugaliyalik o‘yinchi “shaharliklar” bilan hamkorlikni uzaytirishga ko‘nmadi.

“Manchester Siti” bu o‘yinchini 2017 yili “Monako”dan olib kelan edi. Shundan beri jamoada asosiy figuralardan hisoblangan Bernardu Silva endi o‘z kuchini boshqa klublarda sinab ko‘rmoqchi.

Silvaning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. Agar u klubda qolishga ko‘nmasa, “shaharliklar” uni mavsum yakunlanganidan keyin sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Transfermarkt portali yaqin o‘tmishda narxi 100 million evro bo‘lgan futbolchini ayni paytda 60 million evroga baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q