“Siti” yulduzini “Real”da kutishyapti

  • 04.05.2026 19:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Tijani Reynders yozgi transfer oynasida klubni tark etishi kutilmoqda. Niderlandiyalik futbolchi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Reynders Xosep Gvardiola jamoasining asosiy tarkibiga kira olmayapti. Klub rahbariyati bu o'yinchini sotib yuborish varianti ustida ish boshlagani haqida ma'lumotlar tarqala boshlandi.

Transfer News Live nashri X ijtimoiy tarmog'ida xabar berishicha, 27 yoshli futbolchiga da'vogarlardan biri sifatida “Real” tilga olinmoqda. Madridliklar yozgi transferlar oynasi davrida maydon markazini kuchaytirishga qaratilgan xaridlarni amalga oshirmoqchi.

Transferlar bo'yicha ekspertlarning ma'lum qilishicha, Angliya klubi ushbu yarim himoyachi uchun taxminan 58 million yevro talab qiladi.

Joriy mavsumda Reynders Manchester Siti safida 45 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi. O'tgan yozda klub uni “Milan” jamoasidan qariyb 55 million yevro evaziga sotib olgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!