“Siti” yulduzini superklub chaqiryapti

  • 12.03.2026 09:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi tugay borayotgan jamoa sardori Bernardu Silva Fransiyaning eng qudratli klubi “Pari Sen-Jermen” nishoniga aylandi.

Portugaliyalik futbolchining Manchesterni tark etishi deyarli had bo‘lgan masala. Xosep Gvardiola uning jamoada qolishini istayotganiga qaramay, klub rahbariyati avlodlar almashinuv jarayonini davom ettirishga qaror qilgan.

Shu bois, Bernardu Silvaga yangi shartnoma taklif qilingan yo‘q va muzokaralar ham o‘tkazilmagan.

Jurnalist Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, vaziyatni kuzatib borayotgan PSJ 31 yoshli pleymeykerni o‘z safiga qo‘shib olishga bel bog‘lagan. 

Parij klubi bu transferni mavsum tugagach, futbolchi erkin agentga aylanganidan keyin amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, Silvaga Turkiyaning “Galatasaroy” va Kataloniyaning “Barselona” jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surib kelmoqda. U “shaharliklar” jamoasi klublar miqyosidagi barcha nufuzli musobaqalarda g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!