“Siti”ga qaytmayman!

  • 10.01.2026 08:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Italiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Inter” jamoasining markaziy himoyachisi Manuel Akanji o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi.

- Kelajagim qanday bo‘ladi? Agar bilganimda edi! Men “Inter”da baxtiyorman, hammasi juda yaxshi ketyapti. Yozga yaqin barchasi aniq bo‘ladi, ammo kelasi mavsumda ham shu yerda qolishga umid qilaman, - dedi Akanji Sky Sport jurnalistlari bilan suhbatdi.

Himoyachi joriy mavsum davomida “Inter” safida 22 ta uchrashuv o‘tkazdi. Transfermarkt portali ekspertlari uning transfer qiymatini 22 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!