Sloan Stivensning kuchi etmadi
Zohir2018
Uning omadi bu mavsumda kelmaydiganga o‘xshaydi
Amerikalik tennischi Sloan Stivens Rim shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida o‘z ishtirokini yakunlashga majbur bo‘ldi.
Sloan turnirning mazkur bosqichida britaniyalik Yoxanna Konten bilan raqobatlashdi. Unda Yoxanna 6:7, 6:4, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa "Internazionali BNL d'Italia"ning navbatdagi bosqichiga Konta amerikalik Vinus Uilyamsga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.


Izohlar (0)