Slot: Ayb Saloҳning o‘zida!

  • 28.02.2026 05:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” g'alabalarida doim muhim rol o'ynab kelgan jamoa yetakchisi Muhammad Saloҳ bir nechta o'yindan beri gol urmaganidan keyin keskin tanqid qilinyapti.

Bu borada “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot fikr bildirdi.

- Saloҳ o'zi uchun standartlarni o'rnatgan. Ular shunchalik, shunchalik, shunchalik yuqoriki, u bir nechta o'yinda gol urmasa, odamlar darhol hayron qolishadi. Bu esa, unga katta maqtov aslida.

Statistikani turlicha talqin qilish mumkin. Muhammad Saloҳ  APLda to'qqiz o'yindan beri gol urolmayapti, deyish mumkin. U o'zi juda yuqori talab belgilab qo'ygan, - dedi Arne Slot.

Muhammad Saloҳning muxlislari misrlik to'purar 28 fevral kuni “Enfild”da “Vest Xem”ga qarshi bo'ladigan bahsda golsiz seriyaga barham berishini kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!