
Slot: "Uning jamoada qolishini istayman"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot klub himoyachisi va sardori Virjil van Deykning jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
- Nima deyishni bilmayman... Van Deykning keyingi mavsumda ham jamoada qolishini xohlayman. Men uning atrofidagi masalalar va mish-mishlar bo‘yicha shug‘ullanmayman, - dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 30 iyunda yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, van Deyk "Liverpul" tarkibiga 2018 yil "Sautgempton"dan kelib qo‘shilgan edi. Shu vaqt mobaynida u "qizillar" safida klub darajasida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha unvonlarga ega chiqdi. Joriy mavsumda niderlandiyalik himoyachi barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar