Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Sofiya Gran-prisi. Osipova nimchorak finalda to‘xtadi

Izohlar: 0

Svetlana Osipova nimchorak finalda musobaqada 1-raqamda saralangan britaniyalik Byanka Uolkdenga qarshi jang qildi

Bolgariyada taekvondo bo‘yicha Sofiya-2019 gran-prisining ikkinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Bundan biroz avval Svetlana Osipova nimchorak finalda musobaqada 1-raqamda saralangan britaniyalik Byanka Uolkdenga qarshi jang qildi. Qiziqarli va teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda Osipovaga ozgina omad etishmay qoldi - 13:14.

Bundan oldin hamyurtimiz 1/16 finalda avstriyalik Marine Yaxlni 6:2 hisobida enggan edi.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q